Ko‘plab ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar uskunalarning nosozligi sabab emas, balki xavflar oldindan aniqlanmagani yoki to‘g‘ri baholanmagani tufayli yuz beradi. Risk Assessment — bu ish boshlanishidan oldin mavjud xavflarni aniqlash, ularning yuz berish ehtimoli va oqibatlarini baholash hamda xavfni kamaytirish choralarini belgilashga qaratilgan tizimli jarayondir.
Elektr uskunalarida ishlash, balandlikdagi ishlar, yopiq joylarga kirish, yuk ko‘tarish operatsiyalari, issiq ishlar va kimyoviy moddalar bilan ishlash kabi barcha yuqori xavfli faoliyatlar risk baholashdan boshlanishi kerak. Xavflarni oldindan aniqlash orqali jarohatlanishlar, uskunalarning shikastlanishi, ekologik hodisalar va ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlar sezilarli darajada kamayadi.
Xalqaro amaliyotda xavflarni boshqarishda «Hierarchy of Controls» tamoyili qo‘llaniladi. Unga ko‘ra birinchi navbatda xavfni butunlay bartaraf etish, keyin xavfsizroq usul bilan almashtirish, muhandislik yechimlarini joriy etish, ma'muriy nazorat choralarini qo‘llash va faqat oxirgi bosqichda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. PPE asosiy emas, balki oxirgi himoya chorasidir.
Samarali Risk Assessment bir martalik hujjat emas, balki uskunalar, texnologiyalar, ish sharoiti yoki xodimlar tarkibi o‘zgarganida muntazam yangilanib boriladigan jarayondir. Xavflarni oldindan boshqaradigan korxonalar ishlab chiqarish ishonchliligini oshiradi, me'yoriy talablarga rioya qiladi va eng muhimi, xodimlar hayoti hamda sog‘lig‘ini ishonchli himoya qiladi.
Tegishli rasmlar




